«Arsenal”» vaqtincha «Uembli»ga ko‘chib o‘tishi mumkin
“Kanonirlar” o‘z uy maydoni — “Emirates” stadionini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
ФОТО: Getty images
“Arsenal” klubi vaqtincha “Uembli” stadioniga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” o‘z uy maydoni — “Emirates” stadionini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Hozirda arena 60 mingdan ortiq tomoshabinga mo‘ljallangan va Premer-ligada 6-o‘rinda turadi.
Yangi loyiha asosida stadion sig‘imi 70 mingdan ortiq muxlisga mo‘ljallanadi. Ta’mirlash jarayoni murakkab bo‘lishi kutilmoqda, chunki ishlar stadionning faqat ayrim qismlarida emas, balki barcha sektorlarida olib boriladi. Shu sababli “Arsenal” o‘z o‘yinlarini vaqtincha “Uembli”da o‘tkazishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist