locale OZ

«Arsenal» va «Tottenhem» Grinvudga qiziqmoqda

Hujumchi Fransiya jamoasida 2024 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» va «Tottenhem» Grinvudga qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

"Arsenal" va "Tottenhem" "Marsel"ning qanot hujumchisi Meyson Grinvudga qiziqish bildirmoqda. Bu klublar 24 yoshli vingerga joriy yozda qo‘l urishi mumkin. Bu haqda L'Équipe xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Marsel" ingliz futbolchisining transfer narxini 80 mln yevroga baholamoqda.

Grinvudning sobiq klubi "Manchester Yunayted" futbolchining ehtimoliy sotuvdan 40% ulush oladi. Shuningdek, vingerga "Roma" ham qiziqish bildirgan.

Hujumchi Fransiya jamoasida 2024 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda Grinvud barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 55 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting