locale OZ

«Arsenal» va «Tottenham» Antonio Nusa uchun kurashmoqda

"RB Leipzig" Nusa-ni taxminan 59 million yevroga baholagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal va Tottenham Antonio Nusa uchun kurashmoqda
ФОТО: Getty images

Londonning "Arsenal" va "Tottenham" klublari "RB Leipzig" vingeri Antonio Nusa-ni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko'ra, har ikki klub 21 yoshli Norvegiya terma jamoasi futbolchisining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

"RB Leipzig" Nusa-ni taxminan 59 million yevroga baholagan.

Shuningdek, futbolchiga "Barcelona" ham qiziqish bildirayotganini aytishmoqda. Biroq ma'lumotlarga ko'ra, Nusa o'zi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga moyil.

2025/26 yilgi mavsumda norvegiyalik vinger Bundesligada 31 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting