locale OZ

“Arsenal” va “Manchester Yunayted” “Shaxtyor” iqtidoriga qiziqmoqda

Futbolchiga, shuningdek, “Milan” va “Portu” ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” va “Manchester Yunayted” “Shaxtyor” iqtidoriga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

Angliyaning ikki grandi — “Arsenal” va “Manchester Yunayted” Donetskning “Shaxtyor” klubi hujumchisi Kaua Eliasni kuzatib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki klub skautlari futbolchining o‘yinlarini joyida kuzatgan va uning imkoniyatlarini ijobiy baholagan.

20 yoshli braziliyalik forvard yaqinda Ukraina chempionatida “Kudrivka”ga qarshi bahsda xet-trik qayd etib, Yevropaning bir qator klublari e’tiborini tortdi. Futbolchiga, shuningdek, “Milan” va “Portu” ham qiziqish bildirmoqda.

Manbalarga ko‘ra, “Shaxtyor” Kaua Eliasni taxminan 30 million funt sterlingga baholamoqda. Hozircha klublar tomonidan rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting