locale OZ

“Arsenal” va “Manchester Yunayted” “Bayer” himoyachisi uchun kurashmoqda

Har ikki klub 23 yoshli angliyalik futbolchining transferi bo‘yicha dastlabki harakatlarni boshlagan.
“Arsenal” va “Manchester Yunayted” “Bayer” himoyachisi uchun kurashmoqda
Foto: Getty Images

Angliyaning “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari Leverkuzenning “Bayer” jamoasi himoyachisi Jarrell Kuansani o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. FootballTransfers jurnalisti Stiv Key ma’lumotiga ko‘ra, har ikki klub 23 yoshli angliyalik futbolchining transferi bo‘yicha dastlabki harakatlarni boshlagan.

“Arsenal” Kuansa transferi yuzasidan “Bayer” bilan muzokaralarga kirishgan. “Manchester Yunayted” esa futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilmoqda. Himoyachining markazda hamda o‘ng qanotda o‘ynay olishi Premyer-liga klublarining unga bo‘lgan qiziqishini oshirgan.

Hozircha Kuansa uchun kurashda “Arsenal”ning imkoniyati yuqoriroq baholanmoqda. Shu bilan birga, “Bayer” o‘z futbolchisini osonlik bilan qo‘yib yubormoqchi emas. Leverkuzen klubi himoyachi uchun 2025-yilda “Liverpul”ga to‘lagan 35 million yevrodan sezilarli darajada ko‘proq mablag‘ talab qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kuansa 2025-yilda “Liverpul”dan “Bayer”ga 35 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. “Liverpul”da futbolchini joriy yozda 80 million yevroga qaytarib sotib olish imkoniyati bo‘lgan, biroq ushbu bandning amal qilish muddati yakunlangan. Angliya klubi kelasi yili esa himoyachini 60 million yevroga qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting