locale OZ

“Arsenal” va “Manchester Yunayted” 65 mln yevroga himoyachi sotib olishi mumkin

22 yoshli portugaliyalik futbolchi APL klublari e’tiboriga tushgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” va “Manchester Yunayted” 65 mln yevroga himoyachi sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

“Arsenal” va “Manchester Yunayted” “Portu”ning o‘ng qanot himoyachisi Albertu Kostaga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli portugaliyalik futbolchi APL klublari e’tiboriga tushgan.

Kostaning “Portu” bilan shartnomasida 65 million yevrolik tovon puli belgilangan. Shu sababli futbolchini transfer qilishni istagan klublar ushbu bandni faollashtirishi mumkin.

Albertu Kosta “Portu” safida 2025-yil yozidan buyon to‘p tepmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Albertu Kosta avval “Vitoriya Gimaraes” safida faoliyat yuritgan, 2025-yil yanvarida esa “Yuventus”ga o‘tgan. Oradan olti oy o‘tib, u “Portu” safiga qo‘shilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting