locale OZ

“Arsenal” va “Manchester Siti” “Oltin to‘p”ga nomzod himoyachiga qiziqmoqda

Biroq transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi — himoyachi yaqinda PSJ bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” va “Manchester Siti” “Oltin to‘p”ga nomzod himoyachiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

“Arsenal” va “Manchester Siti” PSJning markaziy himoyachisi Vilyan Pachoni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 24 yoshli ekvadorlik futbolchi 2026-yilgi “Oltin to‘p” uchun 30 nafar nomzod qatoridan joy olgan.

Manbaga ko‘ra, Angliyaning ikki grandi Pacho atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. Biroq transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi — himoyachi yaqinda PSJ bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirdi.

Pacho joriy mavsumda parijliklar safida barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ekvadorlik himoyachi qisqa vaqt ichida PSJ mudofaasining asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Ma’lumot uchun, Pacho PSJga 2024-yilda Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan kelib qo‘shilgan. U Parij klubi bilan ketma-ket ikki marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan va hozirga qadar PSJ safida 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting