locale OZ

«Arsenal» va «Liverpul» Kevin Shadega qiziqmoqda

U joriy APL mavsumida 5 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan.
«Arsenal» va «Liverpul» Kevin Shadega qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

«Brentford» vingeri Kevin Shade Angliya Premyer-ligasining yuqori maqsadlari uchun kurashayotgan klublardan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Jurnalist ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli nemis futbolchisini «Arsenal» va «Liverpul» o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Har ikki klub so‘nggi bir necha oy davomida Shadening o‘yinlarini kuzatib kelmoqda.

Shade «Brentford» bilan shartnoma orqali 2028 yil iyun oyi oxirigacha bog‘langan. Futbolchining bozor qiymati 35 million yevro deb baholanmoqda.

U joriy APL mavsumida 5 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting