locale OZ

“Arsenal” va “Liverpul” Joshua King transferiga qiziqish bildirmoqda

London klubi yosh yarim himoyachisini taxminan 60 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” va “Liverpul” Joshua King transferiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

“Fulham” yarim himoyachisi Joshua King Yevropaning bir qator yetakchi klublari e’tiboriga tushdi. 19 yoshli angliyalik futbolchiga “Arsenal”, “Liverpul” va Dortmundning “Borussiya” klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Fulham” Kingni sotish masalasini faqat katta taklif tushgan taqdirdagina ko‘rib chiqmoqchi. London klubi yosh yarim himoyachisini taxminan 60 million yevroga baholamoqda. Hozircha futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.

King “Fulham” tizimida 2024-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Yosh futbolchi joriy mavsumda asosiy tarkibdagi o‘rnini mustahkamlab, Premyer-ligadagi barcha besh uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlagan.

Ma’lumot uchun, Joshua King 2026/27-yilgi Premyer-liga mavsumida 5 ta uchrashuvda 425 daqiqa maydonda harakat qilib, 2 ta gol urgan va hozircha golli uzatma qayd etmagan. U “Chelsi” hamda “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvlarda gol urgan. Barcha musobaqalarni hisobga olganda esa King joriy mavsumda 6 ta o‘yinda 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting