locale OZ

«Arsenal» va Ispaniya milliy jamoasi a’zosi Martin Zubimendi jarohat oldi

Futbolchi hozirda terma jamoa lagerini tark etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» va Ispaniya milliy jamoasi a’zosi Martin Zubimendi jarohat oldi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Martin Zubimendi milliy jamoa ixtiyorida bo‘lgan vaqtida jarohat orttirib oldi.

«Martin Zubimendi o‘ng tizzasidagi og‘riqlar sababli Ispaniya terma jamoasi tarkibini tark etdi. Xavf-xatarning oldini olish va futbolchining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida u jamoadan chetlatildi. «Arsenal» tibbiy xodimlari yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor qilindi», — deyiladi Qirollik Ispaniya futbol federatsiyasining rasmiy saytida.

Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha turnirlar doirasida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting