locale OZ

«Arsenal va «Chelso Alvaresga qiziqish bildirmoqda

Futbolchi Madrid klubini tark etishga qarshi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal va «Chelso Alvaresga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

“Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares yozda yana Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” va “Chelsea” skautlari madridliklarning “Tottenhem”ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi bahsida argentinalik futbolchini kuzatish uchun stadionda bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, Alvares klub rahbariyatiga transferga tayyor ekanini bildirgan, biroq u “Barselona”ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Shuningdek, “Bavariya” ham Xulian atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi avval Angliyada “Manchester Siti” safida to‘p tepgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting