locale OZ

«Arsenal» va «Chelsi» Ramon xizmatiga jiddiy qiziqmoqda

Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» va «Chelsi» Ramon xizmatiga jiddiy qiziqmoqda
Фото: Getty Images

«Como» markaziy himoyachisi Xakobo Ramon faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, Premyer-liga klublari orasida ispaniyalik futbolchi uchun asosiy da’vogarlar Londonning «Arsenal» va «Chelsi» jamoalari hisoblanmoqda.

Shu bilan birga, Madridning «Real» klubi ham o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Qirollik klubi» Ramonni «Como»ga sotish vaqtida kelishilgan maxsus band tufayli uni kelasi yozda atigi 8–9 million yevroga qaytarib olishi mumkin.

Transfermarkt portali Xakobo Ramonning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. 21 yoshli futbolchi joriy mavsumda Sesk Fabregas jamoasi safida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting