locale OZ

«Arsenal» va «Chelsi» Igor Tyagoga qiziqish bildirmoqda

24 yoshli hujumchining «Brentford» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» va «Chelsi» Igor Tyagoga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» va «Arsenal» klublari «Brentford» hujumchisi Igor Tyagoga qiziqish bildirmoqda. Jurnalist va insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, braziliyalik forvard joriy mavsumda o‘zining sermahsul o‘yini bilan grand jamoalar e’tiborini tortgan.

U barcha musobaqalarda «asalarilar» safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urishga va bitta samarali uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq futbolchiga «Manchester Yunayted» tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. «Brentford» rahbariyati agar transfer summasi 71 million funt sterlingdan (81,6 million yevro) oshsa, futbolchini sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Igor Tyago «Brentford» safiga 2024 yilning iyul oyida kelib qo‘shilgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, bu londonliklarga muzokaralarda o‘z shartlarini qo‘yish imkonini beradi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli hujumchining ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting