locale OZ

«Arsenal» va «Chelsi» Gyulerni kuzatmoqda

Ardaning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyunigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» va «Chelsi» Gyulerni kuzatmoqda
Фото: Getty Images

«Arsenal» va «Chelsi» Madridning «Real» klubida faoliyat olib borayotgan yarim himoyachi Arda Gyulerga qiziqish bildirmoqda. Ingliz klublari Millatlar ligasi doirasidagi Turkiya va Italiya milliy jamoalari bahsida 21 yoshli futbolchining o‘yinini bevosita kuzatgan.

London klublarining Gyulerga bo‘lgan qiziqishi futbolchining «Real»dagi o‘yin amaliyoti yetarli emasligi fonida kuchaygan. «Arsenal» hatto 2026-yil boshida turkiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, biroq tomonlar transfer borasida kelishuvga erisha olmagan.

Gyuler ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida «Real» safida yettita bahsda maydonga tushdi. 21 yoshli futbolchi ushbu bahslarda bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting