locale OZ

Arsenal va Chelsi Barselonaning yarim himoyachisini sotib olishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arsenal va Chelsi Barselonaning yarim himoyachisini sotib olishga tayyor
Rasm: sportal.bg Mark Kasado

«Barselona»ning 21 yoshli ispaniyalik yarim himoyachisi Mark Kasado o‘z faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin. «Arsenal» 21 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi futbolchining transferi uchun 40 million yevro ajratishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, futbolchiga Angliyaning yana bir klubi «Chelsi» ham e’tibor qaratmoqda va uning uchun 35-40 million yevro sarflashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Ispaniyalik yarim himoyachi joriy mavsumda «Barselona» safida 36 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning hisobida bitta gol va oltita golli uzatma mavjud. Mark Kasadoning «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Hozirgi vaqtda Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting