locale OZ

«Arsenal» va «Bavariya» Nataniel Braun uchun kurash boshladi

Har ikki klub ham futbolchi uchun asosiy daʼvogar sifatida koʻrilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» va «Bavariya» Nataniel Braun uchun kurash boshladi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» va Myunxenning «Bavariya» klublari Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasi hamda Germaniya terma jamoasining 23 yoshli himoyachisi Nataniel Braun xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klublar o‘rtasida futbolchi uchun jiddiy kurash ketmoqda. Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Braunning ismini Jahon chempionati qaydnomasiga kiritganidan so‘ng, unga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.

Har ikki grand klub himoyachi uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda va «Ayntraxt» Braunning ketishi muqarrar ekanligini tushunib turibdi. Shunga qaramay, klub o‘z pozitsiyasini aniq belgilab olgan: Frankfurtliklar o‘yinchini 80 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Yakunlangan mavsumda Braun «Ayntraxt» safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning ayni paytdagi bozor qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting