locale OZ

«Arsenal» va «Barselona» «Chelsi» hujumchisi Joao Pedroni kuzatgan

Uning transfer qiymati taxminan 80 million yevro deb baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» va «Barselona» «Chelsi» hujumchisi Joao Pedroni kuzatgan
ФОТО: Getty images

Londonning «Arsenal» va Ispaniyaning «Barselona» klublari «Chelsi» hujumchisi Joao Pedroni transfer uchun muqobil variant sifatida ko‘rib chiqqan. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, har ikki klub argentinalik forvard Xulian Alvaresni asosiy maqsad sifatida ko‘rib chiqqan. Biroq Madridning «Atletiko» klubi futbolchini qo‘yib yuborishni istamagan. Shu sababli «Arsenal» va «Barselona» e’tiborini Joao Pedrога qaratgan.

Manbaga ko‘ra, «kanonirlar» va «ko‘k-anorranglilar» 24 yoshli braziliyalik futbolchining vaziyatini kuzatib borgan. Biroq Pedro «Chelsi»da qolishga qaror qilgan va klub bilan shartnomasini uzaytirgan.

Hujumchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2034-yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati taxminan 80 million yevro deb baholanmoqda.

Joao Pedro joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting