locale OZ

“Arsenal” va “Atletiko” Xulian Alvares transferini muhokama qilmoqda

Argentinalik futbolchi APLga qaytishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” va “Atletiko” Xulian Alvares transferini muhokama qilmoqda
Foto: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida. Klub rahbariyati Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvaresni asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Arsenal” Ispaniya klubiga dastlabki transfer taklifini yuborgan va tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.

“Atletiko” Alvares transferi narxini pasaytirish uchun kelishuvga futbolchilarni qo‘shish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor. Potensial almashinuv doirasida Gabriel Martinelli, Gabriel Jezus va Leandro Trossard nomzodlari muhokama qilingan.

Shuningdek, Madrid klubi Viktor Gyokeresh va Itan Nvaneri bo‘yicha ham ma’lumot so‘ragani aytilmoqda.

“Arsenal” sport direktori Andrea Berta uchun Xulian Alvares transfer bozoridagi ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. “Atletiko” esa futbolchini sotishga qaror qilsa, uning “Arsenal” yoki PSJga o‘tishini maqbul variant sifatida ko‘rmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting