“Arsenal” va “Atletiko” “Roma” himoyachisi Uesli Fransaga qiziqish bildirmoqda
“Roma” himoyachisi Uesli Fransa Yevropaning ikki top-klubi e’tiboriga tushdi. Braziliyalik futbolchining o‘yinini Londonning “Arsenal” va Madridning “Atletiko” klublari kuzatib bormoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, har ikki klub vakillari Ueslining Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 1-turida “Fenerbahche”ga qarshi o‘yinini bevosita kuzatgan. “Roma” mazkur uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
23 yoshli o‘ng qanot himoyachisi “Roma”ga 2025-yil yozida “Flamengo”dan ko‘chib o‘tgan. Braziliyalik futbolchi Rim klubi bilan tezda asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylandi. Uning transfer qiymati hozirda taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Uesli “Roma” bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. U Braziliya terma jamoasida 2025-yil mart oyida Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda debyut qilgan.