locale OZ

\"Arsenal\" Uilyamsga qancha maosh taklif qilgani ma'lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Uilyamsga qancha maosh taklif qilgani ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images

"Atletik" vingeri Niko Uilyams Londonning "Arsenal" klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.

Diario Sport xabariga ko‘ra, "Arsenal" rahbariyati 22 yoshli futbolchiga yiliga 9 million yevro maosh taklif qilgan.

Ispaniyalik futbolchining "Atletik" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 70 million yevroni tashkil etadi.

Niko Uilyams joriy mavsumda barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan va yettita samarali uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting