locale OZ

«Arsenal» uchta oʻyindan iborat gʻalabasiz seriyasiga chek qoʻydi

Londonliklar safarda «Lids»ni yirik hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» uchta oʻyindan iborat gʻalabasiz seriyasiga chek qoʻydi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 24-turida Londonning «Arsenal» jamoasi safarda «Lids Yunayted» ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mikel Arteta shogirdlari ushbu muvaffaqiyat orqali chempionatdagi omadsiz seriyasiga yakun yasashdi.

«Kanonirlar» ushbu bahsgacha o‘tkazilgan uchta o‘yinda g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan edi. Eslatib o‘tamiz, London klubi bungacha «Liverpul» (0:0) va «Nottingem Forest» (0:0) bilan durang o‘ynagan, «Manchester Yunayted»ga esa (2:3) imkoniyatni boy bergan edi. «Lids» ustidan qozonilgan ishonchli g‘alaba jamoaning ruhiy holatini tiklash uchun ayni muddao bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Arsenal» ochkolarini 53 taga yetkazib, turnir jadvalida yetakchiligini davom ettirmoqda.

«Arsenal» o‘zining keyingi uchrashuvini 7 fevral kuni «Sanderlend»ga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting