\"Arsenal\" Tsolis transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Londonning "Arsenal" klubi Belgiyaning "Bryugge" jamoasi vingeri Xristos Tsolis transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Nufuzli jurnalist Devid Ornsteyn xabariga ko‘ra, transfer summasi 40 million yevroni tashkil etadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tomonlar transferning asosiy shartlarini kelishib olgan. Endilikda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shaxsiy shartnoma bo‘yicha yakuniy hujjatlarni imzolashi kutilmoqda.
24 yoshli grekiyalik vinger o‘tgan mavsum "Bryugge" safida yuqori saviyada harakat qilib, jamoaning Belgiya chempionligini qo‘lga kiritishida muhim rol o‘ynadi. U barcha musobaqalarda 22 ta gol urib, 29 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Qayd etilishicha, Tsolis Leandro Trossardning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Belgiyalik futbolchi yaqinda Turkiyaning "Beshiktosh" klubiga ko‘chib o‘tgan edi.