«Arsenal» Trossardning maoshini oshiradi
Фото: Getty Images
Leandro Trossard "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London klubi 30 yoshli belgiya qanot futbolchisi bilan yangi bitimga erishgan.
Futbolchining maoshi sezilarli darajada oshiriladi, biroq shartnoma muddati o‘zgarmaydi — shartnoma avvalgidek 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Trossard 2023 yilning yanvarida "kanonirlar" safiga qo‘shilgan edi. Jamoa tarkibida u barcha musobaqalarda 124 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist