locale OZ

«Arsenal» transfer bozorida eng ko‘p zarar ko‘rgan klubga aylandi

CIES klublarning moliyaviy balansi aks etgan antireytingni eʼlon qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» transfer bozorida eng ko‘p zarar ko‘rgan klubga aylandi
FOTO: Getty Images

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) o‘zining rasmiy saytida so‘nggi ikki transfer mavsumi yakunlari bo‘yicha klublarning moliyaviy balansi (xarajat va tushum farqi) aks etgan antireytingni e’lon qildi. Mazkur ro‘yxatda Londonning «Arsenal» klubi mutloq «peshqadam»ga aylandi. «Kanonirlar»ning transfer balansi –362 million yevroni tashkil etmoqda.

Reytingning yuqori qismidan asosan Angliya Premyer-ligasi vakillari o‘rin olgan bo‘lsa-da, kuchli o‘nlikda Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi ham borligi e’tiborga molik.

So‘nggi ikki transfer oynasi davomida eng ko‘p zarar ko‘rgan jamoalar ro‘yxati quyidagicha shakllandi: Birinchi o‘rinda «Arsenal» (–362 mln yevro), ikkinchi pog‘onada «Liverpul» (–244 mln yevro) va uchinchi o‘rinda «Manchester Siti» (–208 mln yevro) qayd etilgan.

Kuchli beshlikni Saudiya Arabistonining «AlHilol» (–195 mln yevro) hamda kutilmaganda Angliyaning «Sanderlend» (–191 mln yevro) klublari yakunlab bergan. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan «Manchester Yunayted» (–187 mln yevro), «Tottenhem» (–177 mln yevro), Madridning «Atletiko» (–162 mln yevro) va «Real» (–154 mln yevro) klublari joy oldi. Antireytingning o‘ninchi pog‘onasini esa «Everton» (–148 mln yevro) band etgan.

Moliyaviy tomondan eng samarali siyosat yuritgan jamoalar orasida Fransiyaning «Monako» klubi yaqqol ajralib turibdi. Mazkur klub so‘nggi ikki transfer mavsumida +149 million yevro foyda ko‘rgan. Shuningdek, Angliyaning «Vulverhempton» (+98 mln yevro) va «Sautgempton» (+89 mln yevro) jamoalari ham transfer bozorida ijobiy natija qayd etganlar qatorida e’tirof etildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting