locale OZ

«Arsenal» Torrianini sotib olmoqchi

Bu mavsumda darvozabon "Milan"ning D Seriyadagi ikkinchi jamoasida o'ynadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Torrianini sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Milan" darvozaboni Lorenzo Torriani Italiyadan Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Londondagi "Arsenal" klubi italiyalik posbonga qiziqish bildirmoqda.

"To'pchilar" Torrianining Milan klubidagi faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Uning bozor qiymati 500 000 yevroni tashkil qiladi. Darvozabonning "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirida yakunlanadi.

Bu mavsumda darvozabon "Milan"ning D Seriyadagi ikkinchi jamoasida o'ynadi. Yosh posbon o'nta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol o'tkazib yubordi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting