locale OZ

«Arsenal» Tonali uchun «Nyukasl»ga rasmiy taklif yubordi

Londonliklar Merinoga oʻrinbosar qidirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Tonali uchun «Nyukasl»ga rasmiy taklif yubordi
FOTO: Getty Images

Mikel Merinoning og‘ir jarohatidan so‘ng, Londonning «Arsenal» klubi yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish uchun «Nyukasl» yulduzi Sandro Tonaliga e’tibor qaratdi. Bu haqda Florian Plettenberg ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, «kanonirlar» allaqachon italiyalik xavbekni sotib olish bo‘yicha birinchi rasmiy taklifni yuborishgan. Biroq, «Nyukasl» rahbariyati ushbu taklifni rad etgan. «Zog‘chalar» jamoaning asosiy figurasini mavsum o‘rtasida qo‘yib yubormoqchi emas.

Sandro Tonali 2023 yilning yozida «Milan»dan Angliyaga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi «Nyukasl» safida barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyuniga qadar imzolangan. Transfermarkt portali ayni damda italiyalik yarimhimoyachining bozor qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting