locale OZ

«Arsenal» Tomas Gronnemark bilan hamkorlikni boshladi

50 yoshli mutaxassis klubda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Tomas Gronnemark bilan hamkorlikni boshladi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi aut bo‘yicha yetakchi mutaxassis Tomas Gronnemark bilan hamkorlik qilmoqda. The Times xabariga ko‘ra, «kanonirlar» standart vaziyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirib, Premer-ligada har bir imkoniyatdan maksimal foyda olishni rejalashtirmoqda.

50 yoshli Gronnemark klubda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi. U muntazam ravishda «Arsenal»ning mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurib, o‘z bilim va metodikalarini jamoa bilan baham ko‘radi. Sobiq daniyalik futbolchi va yengil atlet 2010 yilda dunyo rekordini o‘rnatgan: u tomon chizig‘idan 51,33 metr masofaga to‘p tashlagan. Keyinchalik Gronnemark jamoalarga bu tosslarni nazoratni saqlash va hujum boshlash uchun samarali ishlatish usulini ishlab chiqqan.

Tomas Gronnemark «Brentford», «Borussiya D», «Ayaks», «Midtyulland», «Yunion» kabi klublarga maslahatchilik qilgan. 2018 yilda Yurgen Klopp uni «Liverpul» murabbiylar shtabiga taklif qilgan. Mutaxassis jamoa bilan 2019/2020 yilgi chempionlik mavsumida ishlagan va 2023 yilda klubni tark etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting