locale OZ

«Arsenal» standart vaziyatlardan gol urish boʻyicha APL rekordini takrorladi

Londonliklar hozirda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» standart vaziyatlardan gol urish boʻyicha APL rekordini takrorladi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premyer-ligasining 28-turi doirasida o‘tgan «Chelsi»ga qarshi bahsda burchak to‘plaridan unumli foydalanib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida hisob ochildi. Bukayo Saka tomonidan amalga oshirilgan uzatmadan so‘ng, Gabriel Magalyaesh ikkinchi qavatdagi kurashda g‘olib chiqdi va to‘pni Uilyam Salibaga yetkazib berdi. Salibaning zarbasi Mamadu Sarrga tegib darvoza to‘ridan joy oldi — yakunda gol fransiyalik himoyachi nomiga rasmiylashtirildi.

Ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida, aniqrog‘i 66-daqiqada mezbonlar yana bir standart vaziyatni golga aylantirishdi. Deklan Rays burchakdan to‘pni yetkazib berganida, darvozabon Robert Sanches chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Vaziyatdan unumli foydalangan Yurrien Timber to‘pni darvozaga yo‘lladi.

Shu tariqa, «kanonirlar» joriy mavsumda standart vaziyatlardan urilgan gollar sonini 16 taga yetkazib, APL rekordini takrorladilar. Avvalroq bunday ko‘rsatkichni «Oldhem Atletik» (1992/1993), «Vest Bromvich» (2016/2017) hamda «Arsenal»ning o‘zi (2023/2024-yilgi mavsumda) qayd etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting