locale OZ

«Arsenal» soʻnggi toʻrtta oʻyinda uchinchi bor magʻlubiyatga uchradi

Hozirda londonliklar APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» soʻnggi toʻrtta oʻyinda uchinchi bor magʻlubiyatga uchradi
FOTO: Getty Images

APLning 32-turida «Bornmut»dan qabul qilingan mag‘lubiyat (1:2) «Arsenal» uchun barcha musobaqalardagi so‘nggi to‘rtta o‘yindagi uchinchi boy berilgan bahs bo‘ldi. Mikel Arteta shogirdlari mavsumning dastlabki 49 uchrashuvida ham aynan shuncha marotaba mag‘lubiyatga uchrashgan edi. Bu haqda Opta Sports xabar bermoqda.

London klubi «olchalar»ga yutqazgunga qadar Angliya Kubogi doirasida «Sautgempton»ga (1:2), Liga Kubogi finalida esa «Manchester Siti»ga (0:2) imkoniyatni boy bergan edi.

Angliya chempionatining 32-turidan so‘ng «Arsenal» 70 ochko jamlagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onadan joy olgan «Manchester Siti» esa 30 o‘yinda 61 ochko to‘plagan. Navbatdagi turda, ya’ni 19 aprel kuni «kanonirlar» va «shaharliklar» o‘zaro bahs olib borishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting