«Arsenal» Skott Maktomineyga qiziqish bildirmoqda
Londonning «Arsenal» klubi «Napoli» yarimhimoyachisi Skott Maktomineyga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga koʻra, futbolchiga «Tottenhem», «Everton» hamda uning sobiq jamoasi «Manchester Yunayted» ham ko‘z tikkan.
Qayd etilishicha, «Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte 28 yoshli yarimhimoyachini jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi. Shu bois italiyaliklar MakTomineyni 80 million yevrodan kamiga qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.
O‘yinchining o‘zi ham Neapolda o‘zini baxtli his qilmoqda va Angliyaga qaytishni faqat eng maqbul taklif bo‘lgan taqdirdagina ko‘rib chiqadi.
Maʼlumot uchun, Maktominey joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.