locale OZ

\"Arsenal\" Sheshko uchun 70 mln yevro sarflashga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Sheshko uchun 70 mln yevro sarflashga tayyor
Photo: Getty Images

“Arsenal” va “Leyptsig” jamoalari Benjamin Sheshko transferi borasida kelishuvga erishgani yo‘q.

The Athletic xabariga ko‘ra, 22 yoshli sloveniya hujumchisi London klubining asosiy maqsadi hisoblanadi. Tomonlar kelishuvga erishish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.

“Arsenal” Sheshko transferi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor. Germaniyaliklar esa Benjamin transferidan kamida 80 mln yevro ishlab olishni rejalashtirgan.

“Kanonirlar” “Sporting” hujumchisi Viktor Dyokeresni ham sotib olish harakatida. Biroq u bilan ham hali kelishuvga erishilganicha yo‘q.

O‘tgan mavsumda Sheshko Bundesligada 33 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting