locale OZ

«Arsenal» Seru Girassi uchun kurashga qoʻshildi

«Borussiya D» hujumchisiga, shuningdek, «MYU» va «PSJ» ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Seru Girassi uchun kurashga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

«Arsenal», «Manchester Yunayted» va «PSJ» Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassini qo‘lga kiritish imkoniyatini oʻrganib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli hujumchi shartnomasidagi 50 million yevrolik band 2026 yil yanvar oyida faollashadi va bu Girassini aynan shu summaga xarid qilish imkonini beradi.

Xabar qilinishicha, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim tajribali hujumchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda, chunki u hujum chizig‘idagi raqobatni kuchaytirishni rejalashtirgan. Shuningdek, jamoa forvardi Joshua Zirkzee qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

Girassi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta assist qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting