«Arsenal» Salibaning jarohati sabab yangi himoyachi izlamoqda
Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachi pozitsiyasini kuchaytirish ustida ish boshladi. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati Viljam Salibaning bel qismidagi jarohati tufayli uzoq muddat maydondan chetda qolishidan xavotirda.
Shu sababli "to‘pchilar" himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun "Aston Villa" futbolchisi Ezri Konsa hamda "West Ham" himoyachisi Konstantinos Mavropanos nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
Saliba Jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga qarshi bahsda (0:2) jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Avvalroq u to‘rt-besh oyga safdan chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, ayrim manbalar fransuz himoyachisi butun mundialni umurtqa suyagi sinig‘i bilan o‘tkazganini ham ma’lum qilgan.