«Arsenal» Salibani 150 million yevrodan kamiga sotmaydi. Unga «Real» qiziqmoqda
"Real", "PSJ" va "Barselona" klublari "Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Salibaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, londonliklar fransiyalik himoyachi bo'yicha takliflarni faqat 150 million yevrodan boshlab ko'rib chiqishga tayyor.
Qayd etilishicha, bunday summa "Barselona" uchun juda og'ir hisoblanadi. "Real" va PSJ moliyaviy jihatdan bunga qodir bo'lsa-da, "Arsenal" himoyachini ushbu klublardan biriga sotish niyatida emas.
2025/26 yilgi mavsumda Saliba barcha musobaqalarda 50 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.
Uning "Arsenal" bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 100 million yevro deb baholamoqda.