locale OZ

«Arsenal» Salibaga 5 yillik shartnomani uzaytirish taklifini berdi

Tomonlar muzokaralarga kirishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Salibaga 5 yillik shartnomani uzaytirish taklifini berdi
ФОТО: Getty images

“Arsenal” markaziy himoyachi Uilyam Salibaga 5 yillik shartnomani uzaytirish taklifini berdi. Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub va futbolchi o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. 24 yoshli fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Shu bilan birga, “Real” vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va imkoniyat paydo bo‘lsa, transferni ko‘rib chiqishi mumkinligi aytilmoqda.

Bu mavsumda Saliba "Arsenal" tarkibida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol ham, assist ham qayd etmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting