Arsenal Saliba bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Saliba 2019 yildan buyon "to‘pchilar"da o‘ynab kelmoqda.
ФОТО: Getty images
"Arsenal" klubi himoyachi Uilyam Saliba jamoa bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli fransuz futbolchisi bilan bitim yaqin kunlarda imzolanishi mumkin.
Muzokaralar may oyidayoq boshlangan bo‘lib, shu davrda Salibaga Madridning "Real" klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Saliba 2019 yildan buyon "Arsenal"da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u klub safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga assistentlik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist