locale OZ

«Arsenal» Saka bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sakaning londonliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Saka bilan shartnomani uzaytirmoqchi
ФОТО: Getty images

“Arsenal” klubi rahbariyati Bukayo Saka bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Avvalroq londonliklar himoyachi Uilyam Saliba bilan yangi besh yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgandi. Endi esa klub Saka jamoada qolishini va uning kelajagini "to‘pchilar" bilan bog‘lashni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli vinger 2019 yildan buyon “Arsenal” safida to‘p surmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo‘ldi.

Sakaning londonliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 150 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting