locale OZ

«Arsenal» Saka bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» Saka bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

«Arsenal» vingeri Bukayo Saka londonliklar bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, tomonlar oʻrtasida muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan.

Qayd etilishicha, yangi kelishuv futbolchining maoshini sezilarli darajada oshirishni nazarda tutadi, biroq moliyaviy tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

Maʼlumot uchun, Saka joriy mavsum barcha turnirlarda 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting