locale OZ

\"Arsenal\" Rodrigo uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Rodrigo uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images

"Arsenal" "Real"ning braziliyalik vingeri Rodrigo xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi ham Madrid klubini tark etish haqida o‘ylamoqda. Gap shundaki, uni Kilian Mbappe va Vinisiusga bo‘lgan katta e’tibor ranjitmoqda. Futbolchi faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishga qarshi emas.

Rodrigo "Real" safida jami 267 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 68 ta gol va 50 ta assist qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchini 100 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting