locale OZ

\"Arsenal\" Rodrigo transferiga umid qilmoqda

Madrid klubi braziliyalik futbolchi transferidan kamida 90 mln yevro ishlab olishni rejalashtirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Rodrigo transferiga umid qilmoqda
Photo: Getty Images

"Arsenal" hali ham "Real" hujumchisi Rodrigo bilan qiziqmoqda, deb xabar beradi The Athletic.

Maʼlum qilinishicha, "to‘pchilar" braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni allaqachon may oyida boshlab yuborgan. Hozirda ham London klubi braziliyalik hujumchiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda.

Madrid klubi braziliyalik futbolchi transferidan kamida 90 mln yevro ishlab olishni rejalashtirgan. Shuningdek, futbolchiga Saudiya Arabistonidan ham takliflar kelib tushmoqda.

Yakunlangan mavsumda Rodrigo barcha musobaqalar doirasidagi 51 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 10 assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting