«Arsenal» «Real» bilan bogʻlanib, Gyulerning transferini muhokama qildi
«Arsenal» klubi Madridning «Real» jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Arda Gyulerga yana qiziqish bildira boshladi. Bunga «qaymoqranglilar»ning kelgusi mavsum uchun bosh murabbiy masalasidaga noaniqliklari sabab bo‘lmoqda.
«Kanonirlar» xavbekni 2025 yilning yozidayoq sotib olishni o‘ylashgan edi, biroq o‘shanda Madrid jamoasini boshqargan Xabi Alonso uning sotilishiga qarshi chiqqan edi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida «Arsenal» vakillari Gyulerning atrofidagilar bilan bog‘lanib, kelayotgan yozdagi potensial transferni muhokama qilishgan. Biroq turkiyalik futbolchi «qirollik klubi»ni tark etishga intilmayapti, chunki u o‘zining hozirgi holatidan mamnun. «Real» ham 21 yoshli yarim himoyachini sotish niyatida emasligini ko‘rsatmoqda.
Joriy mavsumda Gyuler barcha turnirlar doirasida 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.