locale OZ

«Arsenal» Rays bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
«Arsenal» Rays bilan shartnomani uzaytirmoqchi
ФОТО: Getty images

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays yaqin vaqt ichida jamoa bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Biroq tomonlar kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni allaqachon boshlagan. Bu haqda afcnewsroom xabar berdi.

Yangi shartnoma 2031 yilgacha amal qilishi kutilmoqda. Agar kelishuv imzolansa, Rays «Arsenal»ning eng yuqori maosh oluvchi futbolchilari qatoriga qo‘shiladi. Unga taxminan Bukayo Saka bilan bir xil maosh to‘lanishi rejalashtirilmoqda.

Deklan Rays 2023 yil yozida «Vest Hem»dan «Arsenal»ga 116 million yevrodan ortiq summa evaziga ko‘chib o‘tgan. Angliyalik futbolchi «kanonirlar» safida 165 ta uchrashuv o‘tkazib, 21 ta gol urgan va 33 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting