«Arsenal» rahbariyati mag‘lubiyatlarga qaramay Mikel Artetaga ishonch bildirishda davom etmoqda
Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati jamoaning so‘nggi muvaffaqiyatsizliklariga qaramay, bosh murabbiy Mikel Artetaga to‘liq ishonch bildirishda davom etmoqda. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
«Kanonirlar» Angliya Kubogi chorak finalida «Sautgempton»ga (1:2) imkoniyatni boy bergan va Angliya Liga kubogi finalida «Manchester Siti»dan (0:2) mag‘lubiyatga uchragan edilar. Klub mutasaddilari Chempionship vakilidan qabul qilingan mag‘lubiyatni o‘ta salbiy holat deb hisoblasalar-da, bu ispaniyalik mutaxassisni iste’foga chiqarish uchun yetarli asos emas degan xulosaga kelishgan.
Klub rahbariyati Artetani jamoaning uzoq muddatli strategik loyihasini rivojlantirish uchun eng munosib murabbiy deb biladi. Shunga qaramay, mutaxassisning «Arsenal»dagi kelajagi joriy mavsum yakunlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Ayni damda londonliklar Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Yevropa Chempionlar Ligasidagi ishtirokini davom ettirmoqda. Klub rahbariyati jamoa ushbu ikki yirik musobaqadan kamida bittasida g‘alaba qozonishiga umid qilmoqda. Mavsum yakunidagi natijalar Mikel Artetaning jamoadagi keyingi taqdirini belgilab beradi.