locale OZ

«Arsenal» rahbariyati Artetaga ultimatum qoʻydi

Hozirda «kanonirlar» APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» rahbariyati Artetaga ultimatum qoʻydi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati bosh murabbiy Mikel Artetaning bu mavsumda oqlanishi uchun boshqa bahonasi qolmadi deb hisoblamoqda. Transfer bozoridagi to‘liq qo‘llab-quvvatlashdan so‘ng, jamoa oldiga aniq va minimal vazifa qo‘yilgan: Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritish. Bu haqda The Touchline sahifasi xabar bermoqda.

Ayni paytda «Arsenal» APLning 26 turidan so‘ng 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti» bilan farq to‘rt ochkoni tashkil etadi.

Shuningdek, «kanonirlar» UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichini sakkizta o‘yinda sakkizta g‘alaba bilan birinchi o‘rinda yakunladi. Jamoa Angliya Kubogida ham o‘z yurishini davom ettirmoqda — 15 fevral kuni klub 1/16 final bosqichida «Uigan Atletik»ka qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting