«Arsenal» quyuq tuman sabab «Lids»ga qarshi o‘yinga samolyotda emas, avtobusda borishga majbur boʻldi
Londonning «Arsenal» klubi APLning 24-turi doirasidagi «Lids»ga qarshi safar o‘yini oldidan kutilmagan muammoga duch keldi. «Kanonirlar» manzilga samolyotda emas, avtobusda borishga majbur bo‘lishdi, deb xabar bermoqda Sky Sports.
Aslida Mikel Arteta shogirdlari G‘arbiy Yorkshirdagi Lids-Bradford aeroportiga parvoz qilishni rejalashtirishgan edi. Biroq yopirilgan quyuq tuman barcha rejalarni ostun-ustun qilib yubordi — xavfsizlik nuqtai nazaridan reys bekor qilindi. Natijada futbolchilar bir necha soatlik yo‘lni avtobusda bosib o‘tishlariga to‘g‘ri keldi.
Ta’kidlash joizki, «Arsenal» rahbariyati bunday «syurpriz»larga shay edi. Klubda doimo parvoz bilan muammo chiqsa, zaxira avtobusi tayyor turish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.
Ayni damda «Arsenal» 50 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Ularning raqibi «Lids» esa 26 ochko bilan 16-o‘rinda borishmoqda.