“Arsenal” qishda Alvares va Vinisius transferiga yana urinib ko‘rishi mumkin
Londonning “Arsenal” klubi qishki transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish masalasiga yana qaytishi mumkin. The Independent ma’lumotiga ko‘ra, “kanonirlar” yozda amalga oshmagan yirik transferlardan keyin bir nechta nomzodni kuzatishda davom etmoqda.
Klubning asosiy variantlari orasida “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares va “Real Madrid” vingeri Vinisius Junior bor. “Arsenal” yozgi transfer oynasida ham har ikki futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq tomonlar kelishuvga erisha olmagan.
Shuningdek, “Bornmut” hujumchisi Eli Junior Krupi ham London klubi kuzatuvida qolmoqda. “Arsenal” qishda hujum chizig‘iga yuqori darajadagi futbolchi qo‘shish imkoniyatini yana ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” yozgi transfer oynasida hujum uchun bir nechta yirik nomlarni ko‘rib chiqqan, biroq yakunda bu yo‘nalishda faqat Kristos Tsolis bilan shartnoma imzolagan.