«Arsenal» «PSJ» hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
ФОТО: Getty images
Londonning «Arsenal» klubi «Pari Sen-Jermen» hujumchisi Bredli Barkola uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.
«Arsenal» rahbariyati kelishuvning barcha detallarini o‘rganib chiqmoqda.
«PSJ» futbolchini jamoada saqlab qolishni istaydi, biroq munosib taklif kelib tushgan taqdirda uni sotib yuborish imkoniyatini ham istisno etmaydi.
23 yoshli vinger o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta assistga mualliflik qilgan.
Transfermarkt futbolchini 70 million yevroga baholamoqda. Barkolaning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist