locale OZ

«Arsenal» «Portu» yarimhimoyachisi uchun 80 million yevro toʻlashga tayyor

Londonliklar yangi mavsum oldidan jamoa tarkibida oʻzgarishlar qilishmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Arsenal» «Portu» yarimhimoyachisi uchun 80 million yevro toʻlashga tayyor
FOTO: Getty Images

«Arsenal» klubi «Portu» yarimhimoyachisi Viktor Froholdtning harakatlarini kuzatib bormoqda. «Kanonirlar» uni kelayotgan yozda jamoani tark etishga yaqin turgan Kristian Nyorgorga oʻrinbosar sifatida koʻrmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, 20 yoshli futbolchining shartnomasida 70 million funt sterling (80 million yevro) miqdorida tovon puli koʻrsatilgan band bor. Portugaliya jamoasi Froholdtni sotishni istamayapti. Yarimhimoyachining oʻzi ham ayni paytda jamoadan ketishga intilmayotgani «Portu» rahbariyatiga umid bagʻishlamoqda.

Joriy mavsumda Froholdt barcha turnirlarda jami 51 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat kelishuvi 2030 yilning yozigacha moʻljallangan.

Transfermarkt portali bergan maʼlumotlarga koʻra, oʻyinchining ayni paytdagi bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting