«Arsenal» Pio Esposito uchun kurashga qo‘shildi
Espositoning transfer qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.
Фото: Getty Images
Londonning «Arsenal» klubi kelasi mavsumda hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Teamtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, APL chempioni «Inter»ga tegishli bo‘lgan 21 yoshli italiyalik hujumchi Pio Espositoni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Kanonirlar» skautlari xalqaro tanaffus vaqtida futbolchining o‘yinini kuzatgan.
Espositoning transfer qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2032-yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi.
Esposito joriy mavsumda Italiya chempionatida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.