«Arsenal» Pas uchun asosiy da’vogar
Yarim himoyachining transfer qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
«Como»ning hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» argentinalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. Biroq «kanonirlar» Pas uchun kurashda Madridning «Real» klubidan ortda qolmoqda. Chunki «Real» futbolchini qayta sotib olish huquqiga ega.
Joriy mavsumda 22 yoshli Pas barcha musobaqalar hisobida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, yarim himoyachining transfer qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.